11-sinf Astronomiya Gigant planetalar, ularning yo'ldoshlari va halqalari dars ishlanma

11-sinf Astronomiya Gigant planetalar, ularning yo'ldoshlari va halqalari dars ishlanma

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
11-sinf Astronomiya Gigant planetalar, ularning yo'ldoshlari va halqalari dars ishlanma - rasmi

Material tavsifi

Gigant sayyoralarning fizik tabiatlari. Ularning halqalari va yo'ldoshlari. Yupiter (Mushtariy) Quyosh sistemasining planetalari ichida eng yirik hisoblangan Yupiter, tabiati va tuzilishiga ko'ra, jumboqlarga boyligi bilan astronomlar diqqatini o'ziga jalb etadi. Yupiterning o'rtacha radiusi, yer radiusidan qariyb 11 marta katta bo'lib, 69 ming 150 kilometrni tashkil qiladi. Bu gigant planeta 778 million kilometr masofada Quyosh atrofida aylanadi. Planetaning Quyosh atrofida aylanish tezligi sekundiga 13 kilometr bo'lib, 12 yilda bir marta to'la aylanib chiqadi. Boshqacha aytganda, yerdagi 60 yoshli odam Yupiter yili bilan endi 5 yoshga to'lgan bo'lur edi. Qizig'i shundaki, Yupiterning o'z o'qi atrofida aylanishi, yer tipidagi planeta aylanishlaridan farq qilib, ekvator qismi tezroq-9 soatu 50,5 minutli, o'rta kenglamalari esa sekinroq-9 soatu 56 minutli davr bilan aylanadi. Planetaning turli kenglamalari turlicha burchak tezlik bilan aylanishlariga sabab, u tuzilishiga ko'ra qattiq bo'lmay, gaz-suyuq holatidagi osmon jismi ekanligidadir. Buning ustiga, uning ko'ringan sirti atmosferasida so'zib yuruvchi bulutlardan tashkil topgan. Planetaning tez aylanishi tufayli vujudga kelgan markazdan qochma kuch ta'sirida, Yupiterning qutblari bo'ylab sezilarli siqilish ko'zatiladi. Natijada uning ekvatoril diametri, qutbiy diametridan 9 ming 300 kilometrga katta bo'lib qolgan. Yupiterning hajmi yernikidan 1314 marta ortiq. Garchi bu sayyoraning zichligi yernikidan 3,5 marta kam (1,3 gsm3) bo'lsa-da, kattaligi tufayli uning massasi yer massasidan 318 marta ortiqdir. Shuning uchun ham Yupiterning tortish kuchi, erdagidan ikki yarim marta ko'p, ya'ni 60 kilogrammli odamning og'irligi Yupiterda 150 kilogrammdan ortadi. Gigant planetaga teleskop orqali qaralganda, uning sirtida turli xil obyektlar kuzatiladi. Bu obyektlar ichida tabiati haligacha jumboqligicha saqlanayotgan, ekvatorga parallel qora-qizg'ish tasmalar kishi diqqatini o'ziga jalb etadi Bu tasmalar, ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx, pdf
Fayl hajmi 12.77 MB
Ko'rishlar soni 433 marta
Ko'chirishlar soni 60 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:05 Arxiv ichida: pptx, pdf
Joylangan
Fayl formati zip → pptx, pdf
Fayl hajmi 12.77 MB
Ko'rishlar soni 433 marta
Ko'chirishlar soni 60 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx, pdf
Tepaga