Elektromagnit induksiya hodisasi. Induksiya EYK si. Induksiyaviy elektr maydon ELEKTROMAGNIT INDUKSIYA HODISASI. Elektromagnit induksiya hodisasining asosiy g'oyasi quyidagilardan iborat: yopiq konturni o'rab turgan magnit maydon induksiyasining oqimi o'zgarsa,konturda elektr toki vujudga keladi. Bu tokka induksion tok deyiladi. FARADEY tajribasi. Agar galvonometrga ulangan solenoidning ichiga o'zgarmas magnit kiritib chiqarilsa, u kirayotgan va chiqayotgan paytda galvonometr strelkasining og'ishi, ya'ni induksion tokning vujudga kelishi kuzatiladi. 1-rasm. Magnit qancha tez harakatlansa, galvonometr strelkasining og'ishi ham shuncha katta bo'ladi. Agar magnitning qutblari almashtirilib harakatlantirilsa, strelkaning og'ishi ham teskari tomonga o'zgaradi. Tajriba magnitni mahkamlab, g'altakni esa harakatga keltirib bajarilganda ham galvonometr induksion tok hosil bo'lishini ko'rsatadi. 2-rasm. LENS QOIDASI: Konturda vujudga keladigan induksion tok shunday yo'nalishga egaki, uning magnit maydoni, shu induksion tokni vujudga keltirgan magnit oqimining o'zgarishiga to'sqinlik qiladi. Lens qoidasidan foydalanib, Faradey qonunini quyidagicha yozish mumkin: Konturda vujudga keladigan induksion elektr yurituvchi kuch-kontur o'rab turgan sirt orqali o'tadigan magnit oqimining o'zgarish tezligiga miqdoran teng, ishorasi esa qarama-qarshidir. O'zinduksiya: Batareya reostat R, induktivlik g'altagi L, galvonometr G va kalit K dan iborat zanjirni qaraylik. 174-rasm. Agar zanjir yopiq bo'lsa, galvanometrdan va induktiv g'altakdan elektr toki oqadi. Zanjirni uzgan paytimizda galvanometr strelkasi teskari tomonga qarab keskin og'adi. Bunga sabab, zanjir uzilganda g'altakdagi magnit oqimi kamayadi va unda o'zinduksiya EYK ni vujudga keltiradi. Lens qoidasiga muvofiq o'zinduksiya EYK magnit oqimining kamayishiga xizmat qiladi, ya'ni uning yo'nalishi kamayayotgan tok I2 ning yo'nalishi bilan mos keladi. Bu tok galvanometrdan o'tadi va uning yo'nalishi I1 tokning yo'nalishiga qarama-qarshi bo'lganligi uchun, tabiiyki galvanometr strelkasi teskari tomonga og'adi. Zanjirdagi tokning o'zgarishi natijasida ...

Joylangan
04 Feb 2023 | 00:11:27
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
504.14 KB
Ko'rishlar soni
252 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:06
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
04 Feb 2023 [ 00:11 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
504.14 KB
Ko'rishlar soni
252 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:06 ]
Arxiv ichida: pptx