Qashqadaryo viloyati G'uzor tumani 47-umumiy o'rta ta'lim maktabining matematika fani o'qituvchisi ERGASHEVA MAHFUZAning 9-sinflar uchun algebra fanidan Kvadrat funksiyalarni takrorlash mavzusida yozgan kengaytirilgan namunali bir soatlik Darsning mavzusi: Kvadrat funksiyalar mavzusini takrorlash Darsning maqsadi: Ta'limiy: a) DTS talablari asosida o'quvchilarga Kvadrat funksiya grafigi va xossalarini takrorlash . b)Tarbiyaviy:O'quvchilarni o'zaro hurmat, Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash. c)Rivojlantiruvchi: O'quvchilar bkmlarini mustahkamlash,kompotenstiya hosil qilish. Darsning usuli: Noan'anaviy( teleko'rsatuv). Darsning uslubi: Interfaol. Darsning turi: Shakllantiruvchi. Darsning jihozi: kompyuter,videoproyektor,tarqatmalar, mavzuga mos ko'rgazmalar. Darsning borishi: O'qituvchi: Assalomu-alaykum, hurmatli tomoshabinlar va ishtirokchilar! Efirda Uyga vazifa teleko'rsatuvi. Ko'rsatuvimizda 28 nafar ishtirokchi qatnashmoqdalar. Bugungi ko'rsatuvimizda ularning uy vazifalarini qay darajada bajarganliklarini sinab ko'ramiz.Bundan Maqsad: Algebra fanidan o'quvchilarning qay darajada uy vazifalarini bajarganligini aniqlash, O'qituvchi: Har bir kunni hikmatli so'z bilan boshlasak va unga amal qilsak, nur-ustiga a'lo nur bo'lar edi. Bugungi kun hikmati bilan tanishsak: Kun hikmati: Qiyin ishlar-bajarilmay qolgan oson ishlar yig'indisidir. (Ernesd Ford) Demak bugungi ko'rsatuvimizda ishtirokchilar 3 guruh bo'lib, algebra fani bo'yicha o'z bilimlarini namoyish etib , beshqirrali yulduzni qo'lga kiritishlari,ya'ni 5 ball oilsh va ko'pqirrani qo'lga kiritish uchun bellashadilar. Savollar bilan tanishtiraman:1. Algebra fanining asoschisi kim? O'quvchilardan (ishtirokchilardan ) biri javob beradi va izohlaydi: O'quvchi qo'shimcha qilib matematikaga ta'rif beradi va quyidagi slaydlar qo'yiladi: So'ng dars boshlanadi: Dars maqsadi e'lon qilinadi va slayddan ko'rsatiladi. Darsning oltin qoidasi: O'zaro hurmat O'zgalarni fikrini tinglash Vaqtdan unumli foydalanish Faol qatnashish Do'stona munosabat Yuqoridagilar bilan tanishtirgach darsdagi har bir to'g'ri javob uchun beshburchakning bir tomoni chizilishini tushuntiriladi.Dars yakunigacha chizilgan qirralar o'quvchilarning darsda to'plagan ballari sanaladi. Navbatchi axboroti tinglanadi ...

Joylangan
07 Feb 2023 | 21:37:25
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
3.43 MB
Ko'rishlar soni
427 marta
Ko'chirishlar soni
108 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:23
Arxiv ichida: docx
Joylangan
07 Feb 2023 [ 21:37 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
3.43 MB
Ko'rishlar soni
427 marta
Ko'chirishlar soni
108 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:23 ]
Arxiv ichida: docx