Sana: Sinf: Fan: O'zbekiston tarixi Mavzu: Amir Temur vorislari o'rtasida taxt uchun kurash va uning oqibatlari Darsning texnologik xaritasi Darsning bosqichlari: Darsning borishi: I.tashkiliy qism:a)salomlashish, suhbat; b)psixologik iqlim yaratish II. O'tilgan mavzuni mustahkamlash: Ispaniyadan kelgan elchining ismi nima? A.Temurning qaysi o'g'li Yevropaxristianlari bilan aloqada bo'lgan? A.Temur nima sababdan Yevropaxaloskori deb atalgan? II.Yangi mavzu bayoni: Sohibqiron 1405-yil 18-fevral kuni Xitoy tomon yurish vaqtida, qahraton qishda, O'tror shahrida vafot etadi. Amir Temur vafot etgach, lining bir necha o'n yillar davomidagi sa'y- harakatlari natijasida barpo etilgan yirik saltanat parchalana boshladi. Buning asosiy sababi saltanat tasarrufiga olingan yurtlar shu qadar xilma-xil, uzoq masofalarga cho'zilgan bo'lib, ularni yagona bir markazdan turib boshqarish murakkab edi. Buning ustiga ulardagi muxolifotchi kuchlar ajralib chiqish uchun qulay payt kutardilar. Saltanatning parchalanishiga Amir Temur vorislari o'rtasidagi tojtaxt ilinjida uzoq yillar davom etgan o'zaro ziddiyat va urushlar sabab bo'ldi. Amir Temur vafoti oldidan taxt vorisi etib nabirasi Pirmuhammadni (Kobul, Qandahor va Hindiston viloyatlarining hukmdori) tayinlagan edi. Pirmuhammadni taxtga o'tqizish tarafdorlari kuchli bo'lsa-da, biroq Mironshohning o'g'li Xalil Sulton Mirzo o'zboshimchalik bilan 1405- yilning 18-mart kuni Samarqandni egallab, o'zini Movarounnahrning oliy hukmdori deb e'lon qiladi. Pirmuhammadning yo'lini to'sib, uning rejalarini buzib yuborish niyatida hatto u Amudaryoning o'ng tomonidagi yerlarni ham o'z hokimiyatiga qo'shib oladi. Xalil Sulton garchi bobosidan qolgan xazinalar vositasida Sohibqironning nufuzli a'yon va kiborlaridan ma'lum qismini o'z tarafiga og'dirib Movarounnahr taxtini egallagan bo'lsa-da, ammo ko'p vaqt o'tmay u Amir Temurning sadoqatli amirlari, viloyat noiblari va shahzodalarning kuchli noroziligi va isyoniga duch keladi. I V.Yangi mavzuni mustahkamlash: A.Temur qayerda vafot ...

Joylangan
09 Feb 2023 | 09:20:34
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
17.47 KB
Ko'rishlar soni
180 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:15
Arxiv ichida: docx
Joylangan
09 Feb 2023 [ 09:20 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
17.47 KB
Ko'rishlar soni
180 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:15 ]
Arxiv ichida: docx