Sana: Sinf: Fan: O'zbekiston tarixi Mavzu: Amir Temurning harbiy yurishlari Darsning texnologik xaritasi Darsning bosqichlari: Darsning borishi: I.tashkiliy qism:a)salomlashish, suhbat; b)psixologik iqlim yaratish II. O'tilgan mavzuni mustahkamlash: A.Temur qachon Movarounnahr amiri deb e'lon qilindi? Qurultoyga qaysi shahar hokimi kelmadi? Tabl nima? II.Yangi mavzu bayoni: Amir Temur o'z saltanatining janubiy chegaralarini mustahkamlash va kengaytirish maqsadida Eron, Ozarbayjon, Iroq, Shorn (Suriya) ustiga uch marta askar tortadi. Bu yurishlar tarixda uch yillik, besh yillik va yetti yillik urushlar deb nom olgan. Uch yillik (1386-1388) harbiy yurishlar natijasida Eron (Fors), Janubiy Ozarbayjon, Iroqning shimoliy qismi, Gurjiston va Armanistondagi (Van ko'li atrofidagi) yerlar egallanadi. Amir Temur o'z ixtiyori bilan taslim bo'lib, moli omon to'lagan shaharlarga tegmagan, qo'shinlarni bunday shaharlarga kiritmagan. Erondagi muzaffariylar, jaloyiriylar sulolasi vakillarining ayirmachilik harakatlari, Mozandaron, Janubiy Eronda ko'tarilgan qo'zg'olonlar Amir Temurning Eronga yana yurish qilishiga olib keldi. Bu besh yillik (1392-1396) urush davomida G'arbiy Eron, Iroqi Ajam va Kavkaz egallanadi. 1398-1399 yillarda Hindistonga yurish qiladi va Dehlini egallaydi. 1399-1404-yillarda Eron, Old va Kichik Osiyolarga bir necha yurish qilindi. Bu yurish tarixga yetti yillik urush nomi bilan kirgan. Keng ko'lamli harbiy yurishlar natijasida Sohibqiron Amir Temur saltanatining chegarasi Usmonli turklar davlati chegarasiga borib taqaldi. Amir Temur Usmonli turklar sultoni Boyazid Yildirim bilan munosabatni yaxshilash tarafdori bo'lgan. Ziddiyatlarni diplomatik yo'l bilan hal qilish maqsadida ikki tomon o'rtasida to'rt marta xat almashish tashabbuskori bo'lgan. IV.Yangi mavzuni mustahkamlash: A.Temurning 3,5,7 yillik urushlari haqida ma'lumot bering. A.Temur Xorazmga necha marta yurish qilgan? Turkiya sultoni Boyazidning laqabi nima edi? V.O'quvchilarni baholash: Sana: Sinf: 7 Fan: O'zbekiston ...

Joylangan
09 Feb 2023 | 09:20:34
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx, docx
Fayl hajmi
11.49 MB
Ko'rishlar soni
238 marta
Ko'chirishlar soni
36 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:16
Arxiv ichida: pptx, docx
Joylangan
09 Feb 2023 [ 09:20 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx, docx
Fayl hajmi
11.49 MB
Ko'rishlar soni
238 marta
Ko'chirishlar soni
36 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:16 ]
Arxiv ichida: pptx, docx