7-sinf O'zbekiston tarixi Dehqonchilik, yer egaligi munosabatlari dars ishlanma

7-sinf O'zbekiston tarixi Dehqonchilik, yer egaligi munosabatlari dars ishlanma

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
7-sinf O'zbekiston tarixi Dehqonchilik, yer egaligi munosabatlari dars ishlanma - rasmi

Material tavsifi

Sana: Sinf: Fan: O'zbekiston tarixi Mavzu: Dehqonchilik, yer egaligi munosabatlari Darsning texnologik xaritasi Darsning bosqichlari: Darsning borishi: I.tashkiliy qism:a)salomlashish, suhbat; b)psixologik iqlim yaratish II. O'tilgan mavzuni mustahkamlash: Ulug'bekdan keyingi Temuriy hukmdorlar haqida gapiring. A.Navoiy qanday mansablarda faoliyat yuritgan? Z.M.Bobur haqida nimalarni bilasiz? II.Yangi mavzu bayoni: XV asr davomida Movarounnahr va Xurosonda avvalgidek yer va mulkchilikning asosan to'rt shakldagi mulki devoniy - davlat yerlari, mulk - xususiy yerlar; mulki vaqf -- madrasa va masjidlar tasarrufidagi yerlar va nihoyat jamoa yerlari bo'lgan. Sug'oriladigan yerlarining eng katta qismi davlat mulki hisoblangan. Bu yerlarga avvalgidek mamlakat hukmdori sulton yoki amirlar egalik qilardi. Temuriylar davrida davlat yerlarini suyurg'ol tarzida in'om qilish keng tarqaladi. Suyurg'ol egalari tobeligini kuchaytirish maqsadida markaziy hokimiyat ba'zan ular tasarrufidagi yer maydonlarini qisqartirar yoki ularning haq-huquqlarini cheklab, bo'ysunmagan taqdirda suyurg'ol huquqidan mahrum etilar va boshqa shaxsga berilar edi. Bu davrda bosh hukmdor tomonidan yirik mulk egalariga yaxshi xizmati uchun tarxonlik yorlig'i berish an'anaga aylanadi. Tarxonlik yorlig'ini olgan mulkdorlar barcha soliq, to'lov va majburiyatlardan ozod qilingan. Tarxonlik yorlig'i odatda amirlar, beklar, saroy amaldorlari, saidlar va boshqa yuqori tabaqa vakillariga berilgan. Bunday yorliqni olgan mulkdor ismiga tarxon martabasi qo'shib aytilgan. XV asrda ham avvalgi davrlardagidek juda ko'p yer va suv masjid, madrasa, xonaqoh, maqbara va mozorlarga biriktirilib, bunday yerlar mulki vaqf deb atalgan. Odatda yer va suvdan tashqari ko'plab do'kon, korxona, tegirmon, objuvoz, bozor rastalari, karvonsaroylar ham vaqf qilinib, ulardan tushgan daromad masjid, madrasa, shifoxonalar bo'lgan. I V.Yangi mavzuni mustahkamlash: Temuriylar davri soliq turlarini ayting. Temuriylar davridagi yer turlari haqida ma'lumot bering. Tarxon unvoni ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 17.42 KB
Ko'rishlar soni 178 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:16 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 17.42 KB
Ko'rishlar soni 178 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga