7-sinf O'zbekiston tarixi G'arbiy Yevropa davlatlari bilan aloqalar dars ishlanma

7-sinf O'zbekiston tarixi G'arbiy Yevropa davlatlari bilan aloqalar dars ishlanma

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
7-sinf O'zbekiston tarixi G'arbiy Yevropa davlatlari bilan aloqalar dars ishlanma - rasmi

Material tavsifi

Sana: Sinf: Fan: O'zbekiston tarixi Mavzu: G'arbiy Yevropadavlatlari bilan aloqalar Darsning texnologik xaritasi Darsning bosqichlari: Darsning borishi: I.tashkiliy qism:a)salomlashish, suhbat; b)psixologik iqlim yaratish II. O'tilgan mavzuni mustahkamlash: A.Temur bog'larini sanang. Samarqand atrofidagi qishloqlarni ayting. Savdo karvonlari haqida nimalarni bilasiz? II.Yangi mavzu bayoni: Amir Temur 1402-yil yozida Fransiya va Angliyaga maxsus elchilar orqali Karl VI va Genrix IV nomlariga maktublar yo'llaydi. Elchilar Parijga 1403-yil may oyida yetib boradilar. Elchilar ikki mamlakatning savdogarlari uchun erkin savdo munosabatlari olib borilishini ta'minlash va agar qirol hamda gersoglar rozi bo'lsalar, bu erkin savdoni tegishli bitim yoki shartnoma bilan mustahkamlashni taklif etadi. Shuning uchun ham Sohibqiron Amir Temur Fransiya qiroli Karl VI ga yo'llagan maktubida bu haqda quyidagilarni alohida ta'kidlaydi: «Bundan keyin sizning (odamlaringiz) bizning yerlarimizga va bizning (kishilarimiz) sizning o'lkangizga o'tgan ajdodlarimiz davridagidek borib-kelib tursalar, sizning va bizning nomimizni hamma joyda olqishlab tursalar, mamlakatimiz savdogarlari uchun foyda keltirishsa, ko'p xursand bo'lar edik. Shuni aytish kerakki, endilikda bizning yurtimizda savdogarlaringizning xavfsizligi ta'minlanadi». Fransiya qiroli Karl VI 1403-yil 15- iyundaAmir Temurga yo'llagan javob maktubidan ma'lum bo'lishicha, Amir Temur takliflari Fransiya tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilingan. Xuddi shu davrda Amir Temurning Angliya qiroli Genrix IV bilan olib borilgan diplomatik munosabatlarida g'arbiy viloyatlar hokimi Mironshoh faol qatnashdi. Shimoliy Eron, Iroq, Tabriz va Sultoniyani o'z ichiga olgan mulklar hokimi Mironshoh Amir Temurning keksayib qolgan davrida G'arbiy Yevropahukmdorlarining diqqat e'tiborini o'ziga jalb etadi. IV.Yangi mavzuni mustahkamlash: Ispaniyadan kelgan elchining ismi nima? A.Temurning qaysi o'g'li Yevropaxristianlari bilan aloqada bo'lgan? A.Temur nima sababdan Yevropaxaloskori deb atalgan? V.O'quvchilarni baholash: ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 17.4 KB
Ko'rishlar soni 168 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:16 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 17.4 KB
Ko'rishlar soni 168 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga