Sana: Sinf: Fan: O'zbekiston tarixi Mavzu: Hunarmandchilik va savdo aloqalari Darsning texnologik xaritasi Darsning bosqichlari: Darsning borishi: I.tashkiliy qism:a)salomlashish, suhbat; b)psixologik iqlim yaratish II. O'tilgan mavzuni mustahkamlash: Temuriylar davri soliq turlarini ayting. Temuriylar davridagi yer turlari haqida ma'lumot bering. Tarxon unvoni kimlarga berilgan? II.Yangi mavzu bayoni: O'rta asr hunarmandchiligida kulolsozlik eng rivoj topgan sertarmoq sohaga aylanadi. U kosasozlar, xumsozlar va tandirsozlar kabi bir nechta tarmoqlarga bo'linadi. Bu davrda tosh yo'nish, unga sayqal berib, o'ymakor nAQSHlar va xushxat yozuvlar bitish san'ati kamolotga yetadi. Samarqandda Bibixonim jome masjidida Qur'onni qo'yish uchun o'matilgan ulkan tosh lavh, Go'ri Amirdagi nefrit qabrtoshi, Shohizinda va boshqa joylardagi sag'analarga jimjimador nAQSHlar berilb, o'ymakor oyatlar, marsiyalar va tarixiy qaydnomalar yozilgan. Bu davrda mamlakatning yirik shaharlari, xususan Samarqand va Hirotda qurilish ishlari keng avj olib, binokorlarning roli oshib ketadi.G'isht terib imorat qaddini bino qiluvchilar «banno», peshtoq-u ravoq hamda toqlarga parchin va girixlar qoplab imoratga pardoz beruvchilar «ustoz» deb yuritilgan. XV asrda shishasozlik ham taraqqiy qilgan. Samarqandda, hatto shishasozlar mahallasi bo'lgan. Bu davrda yog'ochsozlik ham rivojlangan. Mohir duradgor ustalar yog'och o'ymakorligi bilan shug'ullangan. Ular nAQSHinkor eshiklar, panjaralar, ustunlar, toq- ravoqlar, xontaxtalar, kursilar va boshqa xil ko'pdan ko'p ashyo va jihozlar yasaganlar. Go'ri Amir va Shohizindaning oyatlar bitilgan nAQSHinkor eshiklari XV asr xalq ustalarining yog'och o'ymakorligi san'atidagi eng nodir namunalardan hisoblanadi. Samarqand hunarmandchiligida, ayniqsa, qog'oz ishlab chiqarish alohida o'rin tutadi. IV.Yangi mavzuni mustahkamlash: Hunarmadchilik sohalari haqida ma'lumot bering. Go'ri Amir maqbarasi qayerda joylashgan? Shohi zinda so'zining ma'nosi nima? V.O'quvchilarni baholash: ...

Joylangan
09 Feb 2023 | 18:48:44
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
17.29 KB
Ko'rishlar soni
193 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:16
Arxiv ichida: docx
Joylangan
09 Feb 2023 [ 18:48 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
17.29 KB
Ko'rishlar soni
193 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:16 ]
Arxiv ichida: docx