7-sinf O'zbekiston tarixi Islom dini va Arab Xalifaligi mavzuda dars ishlanma

7-sinf O'zbekiston tarixi Islom dini va Arab Xalifaligi mavzuda dars ishlanma

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
7-sinf O'zbekiston tarixi Islom dini va Arab Xalifaligi mavzuda dars ishlanma - rasmi

Material tavsifi

Fan: O'zbekiston tarixi Mavzu: Islom dini va Arab Xalifaligi Darsning texnologik xaritasi Darsning bosqichlari: Darsning borishi: I.tashkiliy qism:a)salomlashish, suhbat; b)psixologik iqlim yaratish II. O'tilgan mavzuni mustahkamlash: Ilk o'rta asrlar diniy e'tiqodlari haqida ma'lumot bering. Runik yozuvidan bugungi kunda ham foydalaniladimi? O'rganilayotgan davrda bolalar tarbiyasiga qanday e'tibor berilgan? II.Yangi mavzu bayoni: Allohning rasuli (elchisi) Makka shahrida dunyoga kelgan Muhammad (s.a.v. - sollallohu alayhi vasallam ) binni Abdulloh (570-632) bu harakatga rahnamolik qiladi. Islomni qabul qilib, rasulullohga ergashgan uning izdoshlari «muslim» (musulmonlar) deb atalgan. Ular insonlarning Xudo oldida teng ekani, rizq-ro'zini barchaga Yaratguvchining o'zi yetkazib berishi hamda jamiyatdagi adolatsizlik barham topishi uchun haq dinga kirish kerakligini targ'ib etadilar. Islom bayrog'i ostida Makka shahrida boshlangan targ'ibot Madinaga ko'chadi. Muhammad (s.a.v.) 630-yilda rablarni yagona davlatga birlashtiradi. Muhammad (s.a.v.) vafot etgach, uning eng yaqin safdoshi Abu Bakr (632-634) xalifa (o'rinbosar) deb e'lon qilinadi. Arab qabilalarining islomni qabul qilib, siyosiy jihatdan yagona hokimiyatga birlashuvida, shuningdek, jahon dinlaridan biriga aylanishida islom aqidalari, huquqiy va axloqiy me'yorlarini o'z ichiga qamrab olgan Qur'oni karimning ahamiyati buyuk bo'ldi. Misr, Suriya, Falastin, Iroq, Eron kabi ko'p mamlakatlar bo'ysundirilib, behisob o'ljalarga ega bo'lgan Arab xalifaligi harbiy yurishlarni bizning o'lkamizga qaratdi. 651-yili arablar jangsiz Marv shahrini egallaydilar. So'ngra hozirgi Afg'onistonning shimoli, Eronning shimoli sharqiy qismi hamda Janubiy Turkmanistondan to Amudaryogacha bo'lgan hududlar istilo qilinadi. Arablar bu hududlarni Xuroson deb ataganlar. IV.Yangi mavzuni mustahkamlash: Xalifa so'zining ma'nosi nima? Islom dini qachon paydo bo'ldi? Islom dinining arkonlari haqida nimalar bilasiz? V.O'quvchilarni baholash: ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 17.55 KB
Ko'rishlar soni 303 marta
Ko'chirishlar soni 40 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:16 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 17.55 KB
Ko'rishlar soni 303 marta
Ko'chirishlar soni 40 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga