Sana: Sinf: Fan: O'zbekiston tarixi Mavzu: O'rta Osiyolik mutafakkirlar. Ilm-fan ravnaqi Darsning texnologik xaritasi Darsning bosqichlari: Darsning borishi: I.tashkiliy qism:a)salomlashish, suhbat; b)psixologik iqlim yaratish II. O'tilgan mavzuni mustahkamlash: Xorazm o'rta asrlarda qaysi davlatlarga qaram bo'lgan edi? Xorazm davlati kimning davrida gullab-yashnadi? Xorazm davlati XI asrda qaysi hududlarni egallagan edi? II.Yangi mavzu bayoni: «Bayt ul-hikma». IX-XII asrlarda Movarounnahr va Xurosonda sodir bo'lgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar mamlakat madaniy hayotiga ham kuchli ta'sir etdi. Movarounnahr arablar tomonidan istilo qilingach, zabt etilgan o'zga mamlakatlar qatorida, bu o'lkada ham faqat islom dinigina emas, balki arab tili va uning imlosi ham joriy etildi. Chunki arab tili xalifalikning ham davlat tili, ham fan tili edi. Shu boisdan arab tilining o'rni va ahamiyati oshib, uni o'zlashtirishga bo'lgan intilish kuchaydi. Arab tili va yozuvini yaxshi o'zlashtirib olgan bilimdonlar paydo bo'ldi. Bag'dod shahri Sharqning yirik ilm va madaniyat markazi edi. IX asrda bu shaharda «Bayt ul-hikma» tashkil etilgan edi. «Bayt ulhikma»da katta kutubxona, Bag'dod va Damashqda astronomik kuzatishlar olib boriladigan rasadxonalar mavjud edi. Bu ilm dargohiga jalb etilgan tolibi ilmlar tadqiqotlar bilan bir qatorda qadimgi yunon va hind olimlarining ilmiy merosini o'rganish va asarlarini arab tiliga tarjima qilish bilan shug'ullanardilar. Al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg'oniy, Ahmad al- Marvaziy, al-Abbos Javhariy va Yahyo bin Abu Mansur kabi Movarounnahr va xurosonlik olimlar ijod qilib, o'rta asr ilm-u faniga katta hissa qo'shadilar. IV.Yangi mavzuni mustahkamlash: Bayt-ul hikmada faoliyat yuritgan olimlar haqida ma'lumot bering. Al-Farg'oniyning qilgan ishlari haqida nimalarni bilasiz? Bayt-ul hikmaning 100 yilligi qachon nishonlandi V.O'quvchilarni baholash: ...

Joylangan
10 Feb 2023 | 08:52:20
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
16.64 KB
Ko'rishlar soni
254 marta
Ko'chirishlar soni
22 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:16
Arxiv ichida: docx
Joylangan
10 Feb 2023 [ 08:52 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
16.64 KB
Ko'rishlar soni
254 marta
Ko'chirishlar soni
22 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:16 ]
Arxiv ichida: docx