Sana: Sinf: Fan: O'zbekiston tarixi Mavzu: Me'morchilik, san'at, musiqa va diniy e'tiqod Darsning texnologik xaritasi Darsning bosqichlari: Darsning borishi: I.tashkiliy qism:a)salomlashish, suhbat; b)psixologik iqlim yaratish II. O'tilgan mavzuni mustahkamlash: 1. Ibn Sino haqida ma'lumot bering. 2. Bayt-ul hikmaning 100 yilligi qachon nishonlandi 3. Abu Nasr Farobiy qayerda tug'ilgan? II.Yangi mavzu bayoni: Tasavvuf o'rta asrlar musulmon Sharqida keng tarqaladi. Bu ta'limot dastlab VII asr o'rtalarida Iroqda yuzaga kelgan. Tasavvuf ta'limoti asosida inson faoliyati va uning kamoloti yotadi. Turkistonning turli o'lkalarida tasavvufning turli tariqatlari paydo bo'ladi. Turkistonda XII asrda Yassaviya , XII asr oxirida Xorazmda Kubroviya , XIV asrda Buxoroda NAQSHbandiya va boshqalar vujudga keladi. Movarounnahrda keng yoyilgan tasavvuf- Yassaviya tariqati bo'lib, unga Ahmad Yassaviy asos soladi. Tariqatning asoslari Yassaviyning mashhur «Hikmat» asarida bayon etiladi. Ahmad Yassaviyning fikricha, shariatsiz tariqat, tariqatsiz ma'rifat, ma'rifatsiz haqiqat bo'la olmaydi. Ularning har biri ikkinchisini to'ldiradi va takomillashtiradi. Yassaviy tariqatining asosida kamolotga uzlat va tarkidunyochilik orqali yetishish g'oyasi olg'a suriladi. Unga faqat bu dunyo rohati va farog'atidan voz kechib, uzlatda toat va ibodat yo'lida zahmat chekib, mashaqqatli mehnat qila olgan kishigina yetib boradi. Xullas, Yassaviy tariqatida mashaqqatli mehnat va aziyat shariat yo'lidabo'lmog'i hamda tarkidunyochilik targ'ib etilsa-da, inson zoti sharif darajasida ulug'lanadi. Insonning har qanday mol-dunyodan va davlatdan ustun turishi ta'kidlanadi. Tasavvuf ta'limotining biryuk siymolaridan yana biri Najmiddin Kubro (1145-1221) edi. U Xorazmda «Kubroviya» tariqatiga asos soladi. Yassaviy tariqatidan farqli o'laroq, Kubroviya tariqati tarkidunyochilikni rad etadi. IV.Yangi mavzuni mustahkamlash: 1. Tasavvuf haqida ma'lumot bering 2. IX-XII asrlarda O'rta Osiyoda qaysi din hukmron edi? 3. B.NAQSHband haqida ma'lumot bering. ...

Joylangan
10 Feb 2023 | 08:52:20
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx, docx
Fayl hajmi
3.97 MB
Ko'rishlar soni
189 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:16
Arxiv ichida: pptx, docx
Joylangan
10 Feb 2023 [ 08:52 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx, docx
Fayl hajmi
3.97 MB
Ko'rishlar soni
189 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:16 ]
Arxiv ichida: pptx, docx