MO'G'ULLAR ISTILOSI VA ZULMIGA QARSHI KURASH. JALOLIDDIN MANGUBERDI REJA: XII asr boshlarida Xorazmshohlar davlati. Mug'ullarning O'rta Osiyoga bosqini, Xorazmshoh mag'lubiyatining sabalari Jaloliddin Manguberdining O'rta Osiyo, Eron va Kavkaz xalqlarining mug'ullarga qarshi kurashga birlashtirish uchun kurashi 3. J.Manguberdining jasorati va haloqati. Manguberdin tavalludining 800 yilligi, Uning qahramon sifatida qadrlanishi. Mug'ullarning O'rta Osiyoga bosqini Xorazmshohlar davlatining so'nggi hukmdori, mohir sarkarda. Anushteginiylardan. Xorazmshohlardan Muhammadning katta o'g'li. Onasi - Oychechak turkman kanizaklaridan bo'lgan. Jaloliddin burnida holi (mank) bo'lgani uchun Mankburni nomi bilan atalgan. Keyinchalik bu nom talaffuzda o'zgarib Manguberdi nomi bilan mashhur bo'lib ketgan. Jaloliddin voyaga yetgach, otasi uni G'azna, Bomiyon, G'ur, Bust, Takinobod, Zamindovar va Hindiston hududlarigacha bo'lgan yerlarda hokim va taxt vorisi etib tayinlangan. Biroq Turkon xotun va qipchoq amirlarining qat'iy noroziligi sababli Qutbiddin O'zloqshoh foydasiga vorislikdan mahrum etilgan. Jaloliddin otasining harbiy yurishlarida ishtirok etib, o'zining jasur jangchi, iqtidorli sarkardalik qobiliyatlarini namoyish etgan Chingizxon boshchiligidagi mo'g'ul qo'shinlari Movarounnahrga bostirib kirib birin-ketin shaharlarni egallab, Samarqandga yaqinlashganlarida xorazmshoh Muhammad Kaspiy dengizi bo'yida joylashgan Obeskun shahri yaqinidagi Ashur ada orolidan panoh topgan. Og'ir bemor bo'lgan Muhammad o'g'illarini yoniga chorlab, so'nggi damda Jaloliddinni o'z o'rniga xorazmshoh etib tayinlagan. Jaloliddin Manguberdi ukalari Oqshoh va Qutbiddin O'zloqshohlar bilan birga Urganch mudofaasiga oshiqadi. Lekin Urganchdagi qipchoq amirlari Turkon xotunning akasi Xumorteginni sulton deb e'lon qilib, Jaloliddin Manguberdiga qarshi suiqasd uyushtirmoqchi bo'ldilar. Bundan xabar topgan Jaloliddin Manguberdi Temur Malik boshchiligidagi 300 kishilik suvoriylar bilan o'z vatani - Xorazmni tashlab Xurosonga ketishga majbur bo'ladi. Niso shahri yaqinida uni 700 nafar mo'g'ul suvoriysi kutardi. Jaloliddin Manguberdi shiddatli janglari Jaloliddin Manguberdi shiddatli jangdan ...

Joylangan
10 Feb 2023 | 08:52:20
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.36 MB
Ko'rishlar soni
231 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:16
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
10 Feb 2023 [ 08:52 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.36 MB
Ko'rishlar soni
231 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:16 ]
Arxiv ichida: pptx