7-sinf O'zbekiston tarixi darsligi asosida 40-mavzu O'rta Osiyo ta'lim tizimi Madrasalar faoliyati. Temur va temuriylar davrida madrasa oliy ma'lumot beradigan markaz vazifasini bajargan. Movarounnahr va Xurosonda asosan davlat va davlatmand shaxslarning mablag'lariga qurilgan ko'plab madrasalar bor edi. Madrasada ilohiyot bilan birga dunyoviy fanlar: qonunshunoslik (fiqh), mantiq, matematika (riyozat), geometriya (handasa), falakiyot, tibbiyot, tarix, jo'g'rofiya, adabiyot, she'riya (ilmi aruz), arab tili va uning morfologiyasi (qofiya) o'qitilgan. Madrasada eng yetuk mutaxassislar dars berishgan. Ularga alohida ish haqi to'lanar edi. 1404-yilda Saroymulkxonim Samarqandda shunday madrasa qurdirgan ediki, u o'z hashamati bilan o'sha davrdagi boshqa inshootlardan ajralib turardi. Unda o'z davrining mashhur olimlari mudarrislik qilganlar. Hirot hududining o'zidagina 36 ta madrasa bo'lib, bu madrasalarda va shu hududda joylashgan xonaqohlarda ta'lim olish uchun turli mamlakatlardan talabalar kelar edilar. Hirot tevaragida joylashgan amir Feruzshoh madrasasi va xonaqohi ayniqsa shuhrat qozongan edi. Injil anhori bo'yida joylashgan Ixlosiya madrasasi va Xalosiya xonaqohi Husayn Boyqaro hukmronligi davrida barpo qilingan. Ulug'bek farmoni bilan 1417-yilda Buxoroda, 1420-yilda Samarqandda, 1433-yilda G'ijduvonda madrasalar qad ko'taradi. Hatto Buxoro madrasasining darvozasiga Bilim olish har bir musulmon ayol va erkakning burchidir, degan xitobnoma o'yib yozib qo'yiladi. Ulug'bek madrasasi. 1420-yilda ochilgan Samarqand madrasasi ikki qavatli, ellik hujrali bo'lgan. Har bir hujra uch xonaga: qaznoq (omborxona), yotoqxona va darsxonalarga bo'lingan. Madrasada ilmi hay'at (astronomiya)dan darsni Qozizoda Rumiy bergan. Qozizoda Rumiy O'sha davrda Samarqandda Ulug'bek madrasasidan tashqari Xonim, Qutbiddin Sadr va Muhammad Sadr madrasalari ham mavjud edi. Samarqandda Amir Temur va Ulug'bekning, Hirotda Shohrux, Boysung'ur, Husayn Boyqaro va Alisher Navoiyning boy kutubxonalari ziyo tarqatish bilan mashg'ul edi. Savol va ...

Joylangan
10 Feb 2023 | 08:52:20
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
6.33 MB
Ko'rishlar soni
167 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:16
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
10 Feb 2023 [ 08:52 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
6.33 MB
Ko'rishlar soni
167 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:16 ]
Arxiv ichida: pptx