7-sinf O'zbekiston tarixi fanidan Oq kiyimlilar qo'zg'oloni dars ishlanmasi

7-sinf O'zbekiston tarixi fanidan Oq kiyimlilar qo'zg'oloni dars ishlanmasi

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
7-sinf O'zbekiston tarixi fanidan Oq kiyimlilar qo'zg'oloni dars ishlanmasi - rasmi

Material tavsifi

Fan: O'zbekiston tarixi Mavzu: «Oq kiyimlilar» qo'zg'oloni Darsning texnologik xaritasi Darsning bosqichlari: Darsning borishi: I.tashkiliy qism:a)salomlashish, suhbat; b)psixologik iqlim yaratish II. O'tilgan mavzuni mustahkamlash: Abbosiylar ummaviylarni nimada ayblaganlar? Qachondan boshlab Arab xalifaligi Abbosiylar qo'liga o'tdi? Abbosiylarning Muhammad payg'ambarga qanday aloqasi bor? II.Yangi mavzu bayoni: 769-783-yillarda Movarounnahrda juda katta xalq qo'zg'oloni bo'lib o'tgan. Qo'zg'olonchilar oq libos kiyganlari uchun tarixda u «Oq kiyimlilar» qo'zg'oloni nomi bilan tilga olinadi. Bu harakatning rahbari Muqanna deb atalmish Hoshim ibn Hakim ismli hunarmand bo'lgan. U Marv shahri yaqinidagi Koza qishlog'ida tug'ilgan. U boshi va yuziga ko'k parda tutib yurgan. Shuning uchun ham uni «Muqanna», ya'ni «Niqobdor» laqabi bilan atashgan. Muqanna yoshlik chog'ida kudungarlik (matolarga ohor beruvchi) kasbi bilan shug'ullangan. U savodli, aqlli va tadbirkor bo'lgan. Xurosonda sarxanglik (kichik lashkarboshi)dan vazirlik darajasigacha ko'tarilgan. U Mazdak g'oyalariga asoslangan ijtimoiy tenglik va erkin hayotga da'vat etuvchi ta'limotni targ'ib etgan. Muqanna Xuroson amirining isyonida qatnashib, payg'ambarlik da'vosini qilgani uchun zindonga tashlangan, so'ngra qochib Mavrga kelgach, atrofiga o'z tarafdorlarini to'plagan. Ajnabiylar hukmronligi va zulmiga qarshi qo'zg'alishga da'vat qilib, Movarounnahr viloyatlariga targ'ibotchilarni yuborgan. Uning targ'iboti Naxshab va Kesh shaharlarida yaxshi samara beradi. «Oq kiyimlilar»ning safi tobora kengayib boradi. Ularga bevosita rahbarlik qilish maqsadida Muqanna Sug'd tomon otlanadi. Uni Marvdan Sug'dga o'tkazmaslik uchun arab ma'murlari ta'qibni kuchaytiradilar. Amudaryo sohilini suvoriylardan iborat katta harbiy kuch kecha-yu kunduz muttasil qo'riqlab turadi. IV.Yangi mavzuni mustahkamlash: Nima uchun qo'zg'olonchilar oq kiyim kiyganlar? Muqannaning asl ismi nima? Kudungar qanday kasb? V.O'quvchilarni baholash: ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 17.44 KB
Ko'rishlar soni 223 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:16 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 17.44 KB
Ko'rishlar soni 223 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga