7-sinf O'zbekiston tarixi fanidan Qoraxoniylar davlati va Movarounnahr dars ishlanma

7-sinf O'zbekiston tarixi fanidan Qoraxoniylar davlati va Movarounnahr dars ishlanma

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
7-sinf O'zbekiston tarixi fanidan Qoraxoniylar davlati va Movarounnahr dars ishlanma - rasmi

Material tavsifi

Sana: Sinf: Fan: O'zbekiston tarixi Mavzu: Qoraxoniylar davlati va Movarounnahr Darsning texnologik xaritasi Darsning bosqichlari: Darsning borishi: I.tashkiliy qism:a)salomlashish, suhbat; b)psixologik iqlim yaratish II. O'tilgan mavzuni mustahkamlash: Nima sababdan Somoniylar davlati parchalanib ketdi? G'aznaviylar orasida mashhur hukmdorlarni sanang. Somoniylar davlatining poytaxti qaysi shahar edi? II.Yangi mavzu bayoni: 992-yilda Horun Bug'roxon boshliq qoraxoniylar Movarounnahrga tomon hujum boshlaydilar. Bu davrda somoniylar sulolasi chuqur ichki ziddiyatlar girdobiga tushib qolgan edi. Qoraxoniylar Buxoroni qarshiliksiz ishg'ol qiladilar. Nuh Ibn Mansur qoraxoniylarga qarshi kurashish uchun G'aznadagi noibi Sobuqteginni yordamga chaqiradi. U yigirma mingli qo'shin bilan Movarounnahrga yetib keladi. Nuh bilan birlashib, bir necha janglardan so'ng qoraxoniylar noibi qo'shinlari tor-mor qilinadi. Buning evaziga Nuh Sobuqteginni Xurosonning noibi etib tayinlaydi. Natijada G'azna va Xurosonda Sobuqtegin va o'g'li Mahmudning siyosiy hukmronligi mustahkamlanadi. 996-yilda qoraxoniylar Movarounnahr tomon yana hujum boshlaydilar. Shunday og'ir bir sharoitda xiyonat ro'y beradi. Ya'ni Sobuqtegin qo'shini Buxoroni egallaydi. So'ngra u qoraxoniylar bilan muzoqaralar olib boradi. Natijada ular o'rtasida shartnoma tuzilib, unga muvofiq Sirdaryo havzasi qoraxoniylar qo'liga o'tadi. X asr oxirida Somoniylar hukmronlik qilgan hudud o'rnida Qoraxoniylar va G'aznaviylar davlati tashkil topdi. Sobuqtegin esa Amudaryodan janubdagi yerlar, shu jumladan Xurosonda hukmdor bo'lib oladi. Somoniylarga Movarounnahrning markaziy qismigina beriladi xolos. IV.Yangi mavzuni mustahkamlash: Qoraxoniylar davlati qachon tashkil topdi? Horun Bug'roxon qachon Movarounnahrga bostirib kirdi? Qoraxoniylarda davlat boshqaruvi haqida ma'lumot bering. V.O'quvchilarni baholash: O'zbekiston RespublikaSI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI VAZIRLIGI VILOYATI tuman -umumiy o'rta ta'lim maktabi Tarix fani o'qituvchisi ning 7-sinf O'zbekiston tarixi fanidan 1 soatlik Mavzu: Qoraxoniylar davlati va Movarounnahr I.Darsning maqsadi: Darsning texnologik xaritasi ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx, docx
Fayl hajmi 3.74 MB
Ko'rishlar soni 233 marta
Ko'chirishlar soni 35 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:16 Arxiv ichida: pptx, docx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx, docx
Fayl hajmi 3.74 MB
Ko'rishlar soni 233 marta
Ko'chirishlar soni 35 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx, docx
Tepaga