7-sinf O'zbekiston tarixi Temuriylar saltanatining inqirozga yuz tutishi dars ishlanma

7-sinf O'zbekiston tarixi Temuriylar saltanatining inqirozga yuz tutishi dars ishlanma

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
7-sinf O'zbekiston tarixi Temuriylar saltanatining inqirozga yuz tutishi dars ishlanma - rasmi

Material tavsifi

Sana: Sinf: Fan: O'zbekiston tarixi Mavzu: Temuriylar saltanatining inqirozga yuz tutishi Darsning texnologik xaritasi Darsning bosqichlari: Darsning borishi: I.tashkiliy qism:a)salomlashish, suhbat; b)psixologik iqlim yaratish II. O'tilgan mavzuni mustahkamlash: M.Ulug'bek qachon va qayerda tug'ilgan? Qachondan boshlab M.Ulug'bek Movarounnahr hukmdori bo'lib qoldi? Ulug'bekning fan sohasidagi yutuqlari haqida ma'lumot bering. II.Yangi mavzu bayoni: Movarounnahrda Abu Saidning o'g'illari: avval Sulton Ahmad (1469-1494), keyin Sulton Mahmud (1494-1495) va keyinchalik Mahmudning o'g'li Sulton Ali (1498 -1500) mustaqil hokimlik qiladi. Biroq Movarounnahrda tarqoqlik yanada avj oladi. Bu vaqtda Movarounnahr o'zaro nizolashayotgan temuriy shahzodalar boshchilik qilib turgan ko'pdan ko'p viloyatlarga bo'linib ketgan edi. Mamlakat, el-yurt boshiga katta tashvishlar tushgan paytlarda din ulamolaridan biri Xoja Ubaydulloh Ahror musibatlarni daf qilish yo'lida bir necha bor jonbozlik ko'rsatgan edi. 1454-yilda Hirot hokimi Abulqosim Bobur Movarounnahrga bostirib kirib, Samarqandni qamalga olganida Xoja Ubaydulloh Ahror mojaroga qat'iyan aralashib, raqiblarni yarashtirdi. Sulton Husayn Boyqaro Amudaryoning janubidagi yerlarga hukmron bo'lib, u o'z tasarrufida Xuroson, Xorazm hamda Sharqiy va Shimoliy Eron viloyatlarini birlashtirgan edi. U qariyb 40 yil hukm surgan temuriylarning so'nggi yirik hukmdori bo'lib, uning davrida shahzoda va amirlarning boshboshdoqligiga qaramay, mamlakatning xo'jalik va madaniy hayoti yuksaldi. Xurosonning obod etilishida, ravnaq topishida zamonasining tadbirkor va dono hukmdori Sulton Husayn bilan bir qatorda buyuk adib va davlat arbobi Alisher Navoiyning ham xizmati nihoyatda katta bo'ldi. Alisher Navoiy 1441-yilda Hirotda dunyoga kelgan. Uning otabobosi temuriylar saroyida xizmat qilgan. Sulton Husayn bilan Alisher bir maktabda o'qiganlar. I V.Yangi mavzuni mustahkamlash: Ulug'bekdan keyingi Temuriy hukmdorlar haqida gapiring. A.Navoiy qanday mansablarda faoliyat yuritgan? Z.M.Bobur haqida nimalarni bilasiz? V.O'quvchilarni baholash: ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 17.45 KB
Ko'rishlar soni 261 marta
Ko'chirishlar soni 25 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:16 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 17.45 KB
Ko'rishlar soni 261 marta
Ko'chirishlar soni 25 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga