7-sinf O'zbekiston tarixi fanidan Turk xoqonligi kelib chiqish tarixi dars ishlanma

7-sinf O'zbekiston tarixi fanidan Turk xoqonligi kelib chiqish tarixi dars ishlanma

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
7-sinf O'zbekiston tarixi fanidan Turk xoqonligi kelib chiqish tarixi dars ishlanma - rasmi

Material tavsifi

Turk xoqonligi kelib chiqish tarixi 6-asr o'rtalarida Oltoydagi turkiy qabilalar qo'shni qabilalar bilan o'zaro birlashib mo'g'il davrigagacha bo'lgan eng qudratli davlat - Buyuk Turk xoqonligiga asos solgan. Ikki aka-uka, Bumin va Istemi ulkan davlatni boshqarishgan. Bumin hoqonlikning sharqiy qismidagi o'ziga qaram yerlarni kengaytirgan bir paytda, uning ukasi Istemi davlatning g'arbiy qismidagi Yettisuv va Sharqiy Turkistonning tutashgan hududlari qabilalarini o'zaro birlashtirgan. Davlatning G'arb tomon kengayishi uning eftaliylar davlati yerlari bilan to'qnashuviga sabab bo'lgan. 563-567 yillarda turkiylar eftaliylar davlatini tor-mor qilishgan va Amudaryo bo'yida Eronsosoniylari bilan to'qnash kelishgan. Turkiylar va Eron eftaliylar qiyofasida umumiy dushmanga qarshi kurashgan paytda ular o'zaro do'stona munosabatda bo'lganlar va hatto, shahanshoh Xusrov Anushervan turkiy malikaga uylangan. Turkiylar eftaliylarni tor-mor keltirgandan so'ng esa, ular bilan Eron o'rtasida o'zaro mojaro yuzaga kelgan. Turkiylarning muhim savdo yo'llariga egalik qilishga bo'lgan intilishlari Eron bilan munosabatlarning keskinlashuviga olib kelgan. Istemining savdo masalalari bo'yicha elchilarining Eronga tashrifi muvaffaqiyatsiz tugagan, ikkinchi va so'nggi elchilik a'zolari esa zaharlanganlar. Shundan so'ng turkiylar Vizantiya bilan ittifoqchilikda Eronga qarshi urush boshlashga qaror qilishadi. 568-569 yillarda Maniax boshchiligidagi Istanbulga birinchi elchilik tashrifi muvaffaqiyatli yakunlanadi. Vizantiya bilan Eron o'rtasidagi o'zaro urush, ularning xoqonlikka nisbatan e'tiborini chalg'itgan holda, turkiylarning yarimko'chmanchi davlatining shiddatli darajada yuksalishiga imkoniyat yaratgan. Turkiylar ichki ixtiloflar oqibatida zaiflashgan Xitoyga bir necha marta muvaffaqiyatli yurishni amalga oshirib, shoyi matolaridan iborat katta yillik o'lpon olishga erishgan. 588 yili turkiylar hukmdori Qora Churin Vizantiya va hazarlar bilan ittifoqchilikda Eronga hujum qiladi, biroq mag'lubiyatga uchraydi va sosoniylar sarkardasi Bahrom Chubin tomonidan o'ldiriladi. Bu mag'lubiyat hoqonlikning tanazzulga yuz tutishi va 6-asrning 80-yillarida sharqiy ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 202.99 KB
Ko'rishlar soni 195 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:16 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 202.99 KB
Ko'rishlar soni 195 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga