O'qitishning interfaol metodlari

O'qitishning interfaol metodlari

O'qituvchilarga / Metod Texnologiyalar
O'qitishning interfaol metodlari - rasmi

Material tavsifi

O'qitishning interfaol metodlari Psixologiya o'qitish metodikasi fanida interfaol usullarni ta'lim jarayoniga qo'llashning psixologik jihatlarini mazmunan yoritishga asoslanadi. Shunga muvofiq o'qitish metodikasida o'qitishning asosiy konsepsiyalari ishlab chiqilib interfaol usullarni qo'Uanilishi mazkur masalalar negiziga asoslanadi. Mazkur konsepsiyalardan asosiylari quyidagilardan iborat: a) o'qitish uning shakllarini shakllanishi o'qituvchining faol faoliyati - o'quv faoliyati hisoblanib, bunda o'qitiivchi bu faoliyatning tashkilotchisi rolida ishtirok etadi; b) o'quv faoliyatining predmeti va natijasi faoliyatining subyekti o'quvchi hisoblanadi, u faoliyat hisobiga qayta tashkil bo'ladi predmet sifatida va o'qitish yakunida o'zgartirilgan ko'rinishda namoyon bo'ladi (o'quv faoliyatining natijasi sifatida); d) muvaffaqiyatli o'quv faoliyatining asosiy ko'rsatkichi, uning natijasi o'quvchining fikrlash rnahoratini o'rganish va amaliy masalalami ijodiy hal etish ilmiy va amaliy muammolarda erkin va mustaqil yo'l topa olishni tushunish hisoblanadi, shu bilan birga bilimlarning fikrlash materiali va vositasi bo'lib xizmat qiladi; e) o'quv faoliyatining birligi o'quv masalasi hisoblanadi. Hayotda yuzaga keladigan boshqa hamma masalalardan uning predmetini о zgartirishga emas balki amaldagi subyektning o'zini o'zgartirishga birinchi navbatda uning fikrlash harakatlar usullarini egallab olishga qaratilganligi bilan farq qiluvchi o'quv taktikasi hisoblanadi; 0 o'quv faoliyati jarayoni o'quvchining tashqi predmetni mazmunida o'z harakatlarini ichki aqliy ko'rinishga (interiorizatsiya) o'tkazilishi ko'rinishidagi o'quv masalalarini hal etish bo'yicha harakatlaridir, ya'ni ming shaxsiy bilimlar, mahorati va ko'nikmalarini hosil qilib olishidir; g) bilish mahorat va ko'nikmalarni o'zlashtirish - bu aqliy harakatlar hisoblanadi, ular individ tomonidan shakl obraz ko'rinishida tashqi vositalarga tayanilgan holda (predmetlar yordamida yo'l topish yoki so'z bilan yordamlashish) bajariladi va o'quv faoliyati natijasida o'zlashtirilgan, qayta tashkil etilgan «sobiq» tashqi predmetli harakatlardan iborat. Insonlar psixologiyasining birgalikdagi munosabat va harakatiga asoslangan o'qitish interfaol o'qitish usuli deyiladi. Individ sifatida alohida o'qiydigan emas, aksincha, guruh bilan birga faoliyat yurituvchi, savollarni o'zaro kelishib bahslashib muhokama qiluvchi bir-birini qo'zg'atjb va faollashtirib boradigan o'quvchi va o'qituvchi faoliyati markaziy o'rinni egallaydi. Interfaol usulni qo'llaganda hammasidan ko'ra bellashuv, raqobat, tortishuv ruhiyatini intellektual faolligiga kuchli ta'sir etadi. Bu insonlar uyushgan holda muammoni yechishni izlaganlarida namoyon bo'ladi. Bundan tashqari, shunday psixologik omillar ta'sir qiladigan, atrofdagilar tomonidan bildirilgan har qanday fikrga o'zining shunga o'xshash, yaqin yoki aksincha mutlaqo qarama-qarshi fikr bildirishga da'vat etadi. Bunday mashg'ulotlar vaqtida o'qituvchidan ancha ko'p ijodkorlik va faollik talab etiladi. Oldindan ma'lum yoki ancha ko'p ijodkorlik va faollik talab etuvchi kitobdan o'qiganlarini hikoya qilish shaklidagi dars passiv darajada o'tadi. Interfaol usuli nafaqat ta'limda balki, tarbiyada ham ayniqsa yaxshi natija keltiradi, ilmiy nuqtayi nazardan qaraganda o'qituvchi muhokamaga ta'sir qilganda nafaqat fikr bildiradi, balki muammoga o'zining shaxsiy munosabatini, axloqiy mavqeyi va dunyoqarashini bildiradi. Talabalar bahsida o'qituvchini ishtiroki turlicha bo'lishi mumkin. Lekin ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.13 KB
Ko'rishlar soni 132 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:30 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.13 KB
Ko'rishlar soni 132 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga